"Barselona" va "Real" prezidentlari nimani rejalashtiryapti?

  • 2 aprel, 2022, 14:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi prezidenti Joan Laporta Evropa Superligasi bo‘yicha oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida gapirdi.

Tecno

“Biz tez-tez muloqot qiladigan Florentino Peres bilan birgalikda ushbu loyihani ilgari surishda davom etyapmiz.

Bu Evropa futbolini saqlab qolishning yagona yo‘lidir. Ochig‘i, biz milliy ligalarni buzmasdan, loyihani Evropa futboli doirasiga moslashtirishimiz kerak. Ular biz uchun fundamental ahamiyatga ega.

Biz qit’a futbolini Evropa Ittifoqidan tashqaridagi davlatlar qo‘liga tushishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. PSJ va “Manchester Siti”da pul bosadigan bosmaxona borligi aniq va biz bunga qarshi kurashyapmiz.

Bizni nafaqat uchta klub, balki sukut saqlaydiganlar ham (ingliz klublari) qo‘llab-quvvatlaydi", - dedi Laporta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!