
"Barselona" uch nomzoddan birini tanlashi kerak
"Barselona" rahbariyati yangi darvozabon izlamoqda. Bu haqda "TodoFichajes" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" keyingi o‘n yillik uchun darvozabon bilan shartnoma imzolamoqchi. Hozirgi vaqtda "Barselona"ning qisqa ro‘yxatida uch nafar nomzod borligi ta’kidlanmoqda: Bart Verbryuggen ("Brayton"), Lyuka Shevale ("Lill") va Joan Garsiya ("Espanol").
Tanlov "Barselona"ning moliyaviy ahvoli, shuningdek, jamoaning talablariga mos kela olishi bilan bog‘liq bo‘lishi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 26-tur yakuniga ko‘ra, Xans-Diter Flik shogirdlari La Liga turnir jadvalida 57 ochko to‘plab, peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar