
"Barselona" "Real" ko‘zlayotgan futbolchi uchun kurashga qo‘shildi
Frantsiyaning "Renn" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga "Barselona"ning qiziqishlar doirasiga kirib qolgan.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar 17 yoshli frantsiyalik futbolchini yangi Yaya Ture sifatida ko‘rishmoqda. Uning transferi uchun esa “Barsa” 50 mln evrodan ortiqroq mablag‘ sarflashi kerak.
Ammo, Kamavinga uchun shuningdek "Real", "Liverpul" va "Tottenxem" klublari ham kurash olib borishmoqda. Shu bois “Barselona” bu borada jiddiy raqobatga duch kelishi aniq.
Fikrlar