
"Barselona" PSJning taklifiga rozi emas
PSJ "Barselona" hujumchisi Serxio Agueroni qo‘lga kiritishga urinmoqda. Bu haqda El Nacional nashri xabar tarqatdi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Parij grandi 33 yoshli argentinalik futbolchi evaziga “ko‘k-anor ranglilar”ga Mauro Ikardini almashtirmoqchi. PSJ shu tariqa bir o‘q bilan ikki quyonni urmoqchi. Aniqrog‘i, Agueroni qo‘lga kiritish bilan ular jamoaga Lionel Messining eng yaqin do‘stini olib kelishadi va tarkibda keraksiz futbolchi hisoblangan Ikardidan qutilishadi.
Ammo "Barsa" bu taklifga rozi emas. Chunki kataloniyaliklar Agueroni tarkibda saqlab qolishmoqchi. Qolaversa, ularga Ikardi kerak emas.
Fikrlar