"Barselona" prezidenti: Bu mavsum La Ligada g‘alaba qozonamiz!

  • 3 aprel, 2022, 13:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" prezidenti Joan Laporta Kataloniya klubi ushbu mavsumda La Ligada g‘alaba qozonishiga ishonmoqda.

Tecno

"Ishonchim komilki, biz ligada g‘alaba qozona olamiz. Mening fikrim juda oddiy: mavsumning so‘nggi qismida biz juda kuchli bo‘ldik, jamoa to‘liq quvvat bilan ishlamoqda. Aniq g‘oyalarga ega va bizga haqiqiy futbol uslubini singdirgan murabbiy bilan biz o‘z o‘yinimizni tikladik. Biz La Ligada g‘alaba qozonish uchun kurashishimiz kerak va kurashamiz ham.

Bu oson bo‘lmaydi, bu qiyin vazifa, lekin buni amalga oshirish mumkin. Biz hech kimni xafa qilishni xohlamaymiz. Ammo biz La Ligada g‘alaba qozonish uchun har bir o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerakligini bilamiz”, - dedi Laporta.

"Barsa" ayni damda peshqadam "Real"dan ikki o‘yin kam o‘tkazgan holda 15 ochko ortda qolmoqda. Hozir La Ligada 30-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!