
"Barselona" posboni APLning ikki klubi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
Kataloniyaning “Barselona” klubi darvozaboni Yasper Sillessen faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Gollandiya terma jamoasi posboni bilan “Everton” hamda “Vest Xem” klublari muzokaralar o‘tkazmoqda.
“Ko‘k-anor ranglilar” esa tez orada unga munosib o‘rinbosar olib kelish masalasida ish olib borishmoqda.
Ma’lumot uchun, Yasper Sillessen joriy mavsum “Barselona” safida bor yo‘g‘i 13ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar