“Barselona” o‘yinchisi o‘ynamay maosh olmoqchi

  • 18 dekabr, 2021, 19:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Keyingi yillarda “Barselona”ni boshqargan bosh murabbiy borki, frantsiyalik himoyachi Samyuel Umtitiga ishonch bildirmayapti.

Tecno

Kataloniyaliklarga ustozlik qila boshlagan Xavi Ernandes ham bu o‘yinchiga ishonch bildirmasligini ma’lum qildi.

Klub mutasaddilari bir necha bu o‘yinchini sotib yuborishga qaror qildi. O‘tgan yozda Umtiti bir necha manfaatli shartnomalarni qabul qilmadi. U nima qilib bo‘lsa ham “Barselona”da qolish yo‘llarini qidirmoqda. U maydonga tushmasdan zaxirada o‘tirishga ham rozi.

Endi Samyuel klub uni sotib yubormasligi yoki shartnomani bekor qilmasligi uchun maoshining katta qismidan voz kechib, yangi bitim tuzishga roziligini bildirdi.

Joriy mavsumda Umtiti atigi bir marta maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!