
"Barselona" mavsum oxirida murabbiyini iste’foga chiqarishi mumkin
"Barselona" yangi bosh murabbiyi Kike Seten mavsum oxirida iste’foga chiqariladigan bo‘lsa, klub u uchun qo‘shimcha kompensatsiya to‘lamaydi.
Oldinroq, klub Ernesto Valverde bilan kelishuvni bekor qilib, uning o‘rniga Kike Seten bilan 2022-yilgacha shartnoma imzolaganini e’lon qilgan edi.
Ammo kataloniyaliklar Seten bilan "0,5+1+1" sxemasi bo‘yicha kelishuv imzolagan. Unga ko‘ra, agar mavsum so‘nggida Kataloniya klubi bosh murabbiyini iste’foga chiqradigan bo‘lsa, u uchun qo‘shimcha to‘lov to‘lamaydi.
Fikrlar