
"Barselona" "Liverpul"ning etakchi futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi
"Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum mersisaydliklar tarkibini tark etishi mumkin.
Niderlandiyalik futbolchi bir necha bor "Liverpul"ga sodiqligi, biroq vaziyat taqozo qilsa mersisaydliklar tarkibini tark etishi mumkinligini ham aytib o‘tgan edi
Ta’kidlanishicha, ingliz klubi Veynaldumga yangi kelishuv taklif qilgan, biroq xavbek 2021 yil yozida yakunlanadigan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti.
Goal.com manbasiga ko‘ra, "Barselona" niderlandiyalik futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda, agar futbolchi "Liverpul" bilan shartnomani uzaytirmaslikga qaror qilsa, olti oy ichida o‘yinchi bilan muzokaralarga kirishadi.
Veynaldum "Liverpul" safida 2016 yil yozidan buyon to‘p surib keladi. O‘tgan davr mobaynida yarim himoyachi mersisaydliklar uchun 177 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 16 ta assistni qayd etdi.
Fikrlar