"Barselona" ko‘zlayotgan futbolchini Abramovich "Chelsi"ga olib berishi mumkin

  • 3 aprel, 2020, 14:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi "Portu" yarim himoyachisi Aleks Telles uchun kurashda etakchilik qilmoqda.

Tecno

Record nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “aristokratlar” xo‘jayini Roman Abramovich va braziliyalik futbolchining agenti Pini Zaxavi o‘zaro juda yaxshi munosabatlarga ega. Shu bois bu kurashda londonliklarning imkoniyati yuqori baholanmoqda.

Qayd etish lozimki, 27 yoshli Tellesga “Barselona”dan ham jiddiy qiziqishlar mavjud.

Aleks Telles joriy mavsum “Portu” safida 40 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!