
"Barselona" Di Mariyani sotib olishga yana urunib ko‘rmoqchi
Kataloniyaning "Barselona" klubi PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariyaga yana qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Goal nashri xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, “ko‘k-anor ranglilar” Di Mariyani bundan ikki yil muqaddam sotib olishga urunib ko‘rishgan edi. Biroq, o‘shanda argentinalik futbolchining transferi amalga oshmay qolgandi.
Ma’lumotlarga qaraganda Di Mariyaga shuningdek “Atletiko”dan ham qiziqishlar bor. Unga shaxsan madridliklar ustozi Diego Simeone qiziqib qolgan.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli Di Mariya joriy mavsum PSJ safida jami 43ta o‘yinda ishtirok etdi va 18ta gol hamda 16ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar