“Barselona” bazo‘r olgan Olmodan ayrilishi mumkin

  • 1 sentabr, 2024, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yozgi transferlar davrida qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da, nishondagi o‘yinchilardan biri – Daniel Olmoni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Tecno

Transfer amalga oshgan bo‘lishiga qaramay, klub mutasaddilari yarim himoyachini chempionat qaydnomasidan o‘tkazishda muammolarga duch keldi.

Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar Olmoni vaqtincha – 2024 yilning oxirigacha qaydnomadan o‘tkazgan. Klub boshqa bir futbolchi – Andres Kristenseg jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqani uchungina Olmoni musobaqa qaydnomasiga kirita olgan.

Agar “Barselona”  xo‘jayinlari yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha muammolarni tezroq hal qilmasa, Daniel Olmo 1 yanvardan boshlab jamoaga yordam bera olmaydi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!