
“Barsa”ning eng zo‘r o‘yinchisi “Chelsi”ga keladi
“Barselona” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Usmon Dembele faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Frantsiyalik hujumkor futbolchini kutayotgan klublar orasida “Chelsi” favorit hisoblanadi. “Aristokratlar” bosh murabbiyi Tomas Tuxel Dembeleni Londonga ko‘chib o‘tishga shaxsan o‘zi ko‘ndirishga harakat qilmoqda.
Tuxel Dortmundning “Borussiya”sida Dembeleni shug‘ullantirgan va uning imkoniyatlaridan yaxshi xabardor. Shu bois, germaniyalki mutaxassis Usmon “Chedsi”da ham jamoa etakchisiga aylana olishiga ishonmoqda.
Dembele o‘tgan mavsumda 32 ta uchrashuvda ikkita gol va 13 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar