
“Barsa”ni boshqarishga munosib nomzod paydo bo‘ldi
“Barselona”ni qabul qilib olishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatiga Germaniya terma jamoasining sobiq ustozi Yoaxim Lyov ham qo‘shildi.
Mundo Deportivo portalining xabar berishicha, Kataloniya superklubi prezidenti Joan Laportaga ham germaniyalik mutaxassis nomzod ma’qul kelmoqda. Lyov Germaniya terma jamoasidan ketganidan keyin ishsiz yuribdi.
Avvalroq, “Barselona”ni jamoada o‘ynagan sobiq futbolchilar – Xavi yoki Terri Anri boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgan edi. Lekin sobiq yulduzlar murabbiylik ishida Yoaxim Lyov bilan tenglasha olmaydi.
Fikrlar