“Barsa”ga qarshi o‘yin oldidan “Real” katta yo‘qotishga uchradi

  • 24 aprel, 06:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 33-turida “Real” futbolchilari “Xetafe” maydonida qiyin g‘alabaga erishdi. Arda Gyulerning yagona goli madridliklarga uch ochko keltirdi.

Tecno

Biroq bu natija jamoaga qimmatga tushdi.

El Larguero nashrining ma’lum qilishicha, uchrashuv yakunlanishi arafasida shikastlangan Eduardo Kamavinga 26 aprelga belgilangan Ispaniya kubogi finalida ishtirok eta olmaydi. Bo‘lajak bahsda madridliklar ashaddiy raqib – “Barselona” bilan kuch sinashishi kerak.

Aslida Kamavinganing o‘zi 46-daqiqada birinchi bo‘limda  chap oyog‘ida og‘iq his qilgan David Alabaning o‘rniga maydonga tushgan edi.

Lekin uchrashuv tugashiga bir necha daqiqa qolganida raqib futbolchisi Luis Milining folidan keyin Eduardo o‘yinni davom ettira olmasligi ko‘rsatdi. Bu vaziyat yuz bergan paytda “Real”da o‘yinchi almashtirish imkoni yo‘q edi. Shu bois mehmonlar bahsni bir kishi kam bo‘lib yakunlashiga to‘g‘ri keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!