"Barsa" yangi murabbiy bilan aloqaga chiqdi. Kumanning iste’fosi yaqin

  • 24 sentabr, 2021, 18:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" Ronald Kuman o‘rniga yangi murabbiy olib kelish ustida ish olib bormoqda. "Ko‘k-anorranglilar" uni o‘z lavozimidan yaqin vaqtlar ichida ozod etishi mumkin. Bu haqda "Goal.com" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Kataloniya klubi Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines bilan aloqaga chiqdi va undan "Barsa"ni boshqarish taklifiga qanday qarashi haqida so‘rashdi. Hozircha, rasmiy muzokaralar boshlanmadi.

Mutaxassisning o‘zi Ispan grandini qabul qilib olishga qarshi emas. Bu haqda u Belgiya futbol federatsiyasiga xabar bergan.

Shunday bo‘lsa-da, ispaniyalik sobiq futbolchi Millatlar ligasi uchrashuvlari oldidan terma jamoani tark etishni xohlamayapti. "Ko‘k-anorranglilar" ham turnir tugashini kutishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Martines boshchiligidagi terma jamoani Millatlar ligasi doirasida ettinchi oktyabr kuni Frantsiyaga qarshi yarim final o‘yini kutib turibdi. Chempionatning final uchrashuvi 10 oktyabrda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!