“Barsa” Xavi olib qolishni istagan “yulduzcha”ni sotib yubormoqchi

  • 25 mart, 2023, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”da tarbiyalangan Abde Ezzalzuli joriy mavsumni “Osasuna”da o‘tkazmoqda. 21 yoshli hujumkor futbolchi o‘z o‘yini bilan mutaxassislar e’tiborini qozondi.

Tecno

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes  marokashlik o‘yinchini kelasi mavsumdan asosiy tarkibga jalb qilishni rejalashtirmoqda. Biroq, klub rahbariyati moliyaviy holatdan kelib chiqib, bir necha futbolchini sotib yuborishga qaror qilgan.

Ayni paytda kataloniyaliklar etti nafar o‘yinchisini boshqa klublarga ijaraga jo‘natgan. Ularning aksariyati yozda transferga qo‘yiladi. Ular orasida Abde hambor.

“Osasuna”da jami 23 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshlariga ikkita golli pas uzatgan Ezzalzulini Angliya Premer-ligasidan taklif bo‘lsa, keyin sotuvga qo‘yish mo‘ljallanayotgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!