
“Barsa” va “Real” transferning “katta balosi”dan qutilib qoldi
Ispaniya chempionatida “Betis” safida porlagan Gvido Rodriges ko‘plab grand klublar e’tiborini qozongan edi.
Xususan, “Real” va “Barselona” ham bu futbolchi uchun kurashgan, lekin uni qo‘lga kirita olmagan edi. Gvido faoliyatini Angliya Premer-ligasining “Vest Xem” jamoasiga o‘tishni ma’qul ko‘rgandi.
Xulen Lopetegi taklifi bilan Londonga yo‘l olgan Rodriges Premer-ligaga moslasha olmadi. Bu liganing yuqori jismoniy talablari, raqobatning kuchliligi Gvidoning o‘yiniga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Hozir bu futbolchi tanqidlar ostida qolib ketgan.
Umuman olganda, “Vest Xem” bir necha omadsiz transferlarga qo‘l urgani ma’lum bo‘ldi. Boshqa klublarda zo‘r o‘ynab, bu jamoaga kelgan Maks Kilman, Niklas Fyullkrug va Krisensio Sammervill kabi o‘yinchilar ham Gvido Rodriges singari Angliya futboli oldida zaiflik qildi.
Ispaniyalik ekspertlar “Barselona” va “Real” o‘z vaqtida Gvido Rodrigesni olishni uddalay olmay, katta bosh og‘rig‘idan qutilib qolganini ta’kidlamoqda.
Fikrlar