“Barsa” ustozi “Bavariya”dagi shogirdini qutqaryapti

  • 9 avgust, 2024, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” rahbariyati yozgi transferlar davrida frantsiyalik hujumkor futbolchi Kingsli Koman bilan xayrlashishga qaror qilgan.

Tecno

28 yoshli qanot hujumchisiga birorta jamoadan taklif tushgani yo‘q.

Ispan matbuotining yozishicha, “Barselona” bosh murabbiyi  Xans-Diter Flik Komanga ish taklif qilishga tayyor. Flik Kingslining imkoniyatlarini yaxshi biladi. Frantsiyalik o‘yinchi nemis mutaxassisi qo‘l ostida “Baqariya” safida 2020 yilgi Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Koman PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Parij klubining asosiy jamoasidan joy ololmaganidan keyin Koman 2014 yili “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgandi.  

“Bavariya” 2015 yilda bu o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Koman orada bir mavsum “Yuventus”da ijarada ham o‘ynab keldi. Endi myunxenliklar frantsiyalik hujumkor futbolchi bilan xayrlashishni istab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!