“Barsa” "Real"ning yo‘lini to‘smaydi

  • 5 aprel, 2021, 15:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniya klubi “Bavariya”ning universal himoyachisi David Alabani olish fikridan voz kechdi.

Tecno

Manbalarning ma’lum qilishicha, “Barselona” rahbariyatiga 28 yoshli futbolchining katta maosh so‘rayotgani ma’qul kelmagan. Shu tariqa, kataloniyaliklar himoyachi uchun kurashdan chiqdi.

Ayni paytda Alabaga “Barsa”ning ashaddiy raqibi “Real” asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Madridliklar jamoadan ketishi kutilayotgan Serxio Ramos va Rafael Varan o‘rnini to‘ldirish maqsadida himoyaning istalgan nuqtasida va maydon markazida o‘ynay oladigan avstriyalik futbolchini olishni rejalashtirmoqda.

“Real” Alabaga uch yillik shartnoma va yiliga 12 million evro taklif qilgan. Agar David bundan yaxshi shartnoma topa olmasa, katta ehtimol bilan Zidanning qo‘liga keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!