
“Barsa” “Real” tarbiyalagan yulduzni arzon narxga oladigan bo‘ldi
“Chelsi”ning eng kuchli himoyachilaridan biri Markos Alonso faoliyatini Ispaniyada davom ettiradigan bo‘ldi.
Chap qanotni to‘liq yopishga qodir bo‘lgan 31 yoshli futbolchi “Barselona”ga o‘tyapti. Kataloniyaliklar bu transferni 10 million evroga uddaladi. Alonsoning “aristokratlar” bilan shartnomasi bir yil qolgani uchun qimmatbaho o‘yinchining narxi ancha pasaygan.
Markos Alonso “barselona”ning ashaddiy raqibi bo‘lgan “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq, bu futbolchi “Qirollik klubi”ning asosiy tarkibida atigi bitta o‘yin o‘tkazgan xolos.
Keyinchalik “Bolton”, “Fiorentina” va “Sanderland” kabi jamoalarda to‘p tepgan futbolchi faoliyati davomida klublar miqyosida 411 ta uchrashuvda qatnashib, 42 ta gol va 34 ta assist muallifi bo‘lgan.
Fikrlar