“Barsa” qisqa fursatda yana ikkita transferni amalga oshiradi

  • 20 avgust, 2024, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yozgi transferlar davri uchun mo‘ljallangan asosiy nishonlaridan biri – Daniel Olmoni qo‘lga kiritganidan keyin kuzgacha yana ikki xaridni amalga oshirmoqchi.

Tecno

Sport.es saytining yozishicha, bosh murabbiy Xans-Diter Flik va sport direktori Deku jamoaning chap qanot himoyachi va tayanch yarim himoyachi bilan kuchaytirish kerak, degan xulosaga kelgan.

Qizig‘i shundaki, kataloniyaliklar himoya chizig‘iga ashaddiy raqib – “Real” tarbiyalagan Serxio Regilonni olib kelmoqchi. Hozir ispan himoyachisi “Tottenxem” a’zosi hisoblanadi. Deku 27 yoshli futbolchi bo‘yicha tez orada rasmiy taklif yuborishga tayyorlik ko‘rmoqda.

“Barselona” sport bo‘limi mutasaddilari yozgi transferlar oynasi yopilgunicha tayanch zonasini kuchaytira oldigan o‘yinchi topishi talab etiladi. Bu pozitsiyaga bir necha nomzodlar o‘rganilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!