
"Barsa" qatorasiga oltinchi marta yilni peshqadam sifatida yakunladi
"Barselona" matbuot xizmati 2020 yil yakunlariga ko‘ra, klubning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi haqida ma’lumot berdi.
Kataloniya super klubi ketma-ket 6-yil ijtimoiy tarmoqlardagi faollik bo‘yicha etakchilik qilmoqda. 2020 yilda "Barsa" 1,63 milliard layk, izoh va repost to‘plab, bu borada eng ko‘p e’tibor qaratilgan klub maqomini saqlab qoldi. Natijalar 4 ta eng yirik platforma - "Instagram", "Twitter", "YouTube" hamda "Tik-Tok" bo‘yicha hisoblangan.
"Liverpul" (1,485 milliard), "Manchester Yunayted" (1,455 milliard), "Real" (1,2 milliard)va "Yuventus" (796 million) jamoalari keyingi o‘rinlarni egallagan.
Fikrlar