“Barsa” Niko Uilyams o‘rnini bosadigan o‘yinchi topdi

  • 6 avgust, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” o‘zi orzu qilgan ikki futbolchi – “Atletik” hujumchisi Niko Uilyamsni ham, “Leyptsig” yarim himoyachisi Daniel Olmoni ham qo‘lga kirita olmadi.

Tecno

Evropa chempionatida porlagan bu o‘yinchilardan Niko Uilyams “Atletik”ni tark etishga shoshilmayapti. Daniel Olmo esa, kataloniyaliklar safiga o‘tishga tayyor. Biroq uning klubi ispanlar taklif qilgan summani qabul qilmadi.

Sport.es saytining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar Niko Uilyams o‘rnini bosa oladigan boshqa o‘yinchini nishonga oldi.

Ayni paytda klub mutasaddilari  “Bavariya”ning 22 yoshli qanot hujumchisi Brayan Saragosani transfer qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda.

Saragosa asli ispan futbolchisi bo‘lib, “Granada” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Bavariya” uni shu yilning boshida ijaraga olgandi va yarim mavsum ijarada o‘ynatib, yaqinda to‘liq transfer qildi.

“Barselona” nazariga tushgan bu futbolchi har ikki qanot hujumchisi va markaziy yarim himoyachi pozitsiyasida o‘ynay oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!