“Barsa” Muhammad Salohni olib kelmoqchi, biroq...

  • 6 aprel, 2023, 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” mutasaddilari anchadan beri hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida munosib nomzod qidirmoqda.

Tecno

Catalunya Ràdio jurnalistlarining ma’lum qilishicha, rahbariyat “Liverpul”dan Muhammad Salohni olib kelmoqchi. Aslida avval ham Muhammad Saloh Ispaniya chempionatida “Real” yoki “Barselona” uchun orzusi borligini aytgandi.

Bu transferni amalga oshirish uchun bitta masala to‘siq bo‘lib turibdi. Kataloniyaliklar misrlik yulduzning shartnomasini ko‘tara olmasligi mumkin. Chunki klubda maoshlar miqdorida cheklov qo‘yilgan.

Muhammad Saloh Angliya Premer-ligasida eng katta maosh oladigan besh futbolchidan biri. Tabiiyki, uni olmoqchi bo‘lgan klubdan ham mo‘maydgina xizmat haqi talab qiladi.

Saloh “Liverpul” bilan 2025 yilning yozigacha shartnoma tuzgan. U hozirga qadar 295 ta uchrashuvda 179 ta gol va 74 ta assist muallifi bo‘ldi. 31 yoshli futbolchi “Liverpul” safida gol urish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!