“Barsa” etti yilda bir qoqildi

  • 9 dekabr, 2020, 12:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida o‘z maydonida “Yuventus”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Tecno

Shu tariqa, kataloniyaliklarning o‘z maydonida etti yil davom etgan mag‘lubiyatsiz seriyasi yakunlandi.

Bungacha, “Barselona” Evropa Chempionlar ligasida “Kamp Nou”da 38 ta uchrashuv davomida hech qaysi jamoaga imkoniyatni boy bermay kelayotgan edi.

Messi jamoasi so‘nggi bor o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida xalqaro o‘yinlarda 2013 yilning 1 may kuni “Bavariya”ga 0:3 hisobida yutqazgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!