“Barsa” endi Angliyadan katta transferni amalga oshirmoqchi

  • 13 avgust, 2024, 11:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati yozga qo‘yilgan transfer nishonlaridan biri Daniel Olmoni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Tecno

Taniqli jurnalist Toni Xuanmartining yozishicha, bu gal kataloniyaliklar Angliya transfer bozoriga oraladi. Ular “Chelsi” o‘yinchisi Karni Chukvuemekani tarkibga qo‘shib olish bo‘yicha ish boshlagan.

20 yoshli yarim himoyachi “aristokratlar”ning asosiy tarkibiga kira olmayapti va shu bois “Barselona”ga ko‘chib o‘tib, omadini Ispaniya chempionatida sinab ko‘rishga qarshi emas.

Angliyalik futbolchi aslida “Aston Villa” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Chelsi” uni ikki yil muqaddam 18 million evroga transfer qilgandi.

Markaziy yarim himoyachi “Chelsi”ga kelganidan beri turli turnirlarda 27 marotaba maydonga tushib, ikkita gol va bitta assist muallifi bo‘lgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!