“Barsa” chempion bo‘lish yo‘lini topdi

  • 7 iyun, 2020, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Kike Seten qayta tiklanayotgan La Liga va jamoasining tayyorgarligi haqida fikr bildirdi.

Tecno

- Jamoa optimal sport formasiga kelishi uchun yana bir hafta etmayapti. Lekin shunga qaramay shogirdlari o‘z ishini yaxshi bajaryapti. Agar biz chempion bo‘lishni istasak, qolgan barcha uchrashuvlarda g‘olib chiqishimiz shart, - dedi Seten.

La Ligada 27-turdan so‘ng peshqadam bo‘lib turgan “Barselona” hisobida 58 ochko bor. Ikkinchi o‘rindan joy olgan “Real” kataloniyaliklardan ikki ochko kam jamg‘argan. Chempionlik uchun kurash mana shu ikki azaliy raqib o‘rtasida kechadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!