
“Barsa”: Bu futbolchini MYuga bermaymiz!
“Barselona” yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar vaqtida niderlandiyalik yarim himoyachisi Frenki de Yongni “Manchester Yunayted”ga sotmaydigan bo‘ldi. Bu haqda italiyalik jurnalist Fabritsio Romano xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, manchesterliklar 24 yoshli futbolchi uchun 55 million evro taklif qilgan. Biroq, kataloniyaliklar yarim himoyachini 90 million evroga baholamoqda va shuning uchun ham MYuga rad javobi berilgan.
Avvalroq, “Barselona” Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga chiqa olmagani uchun asosiy tarkibning bir necha o‘yinchisini sotib yuborishga majbur ekani haqida axborot tarqatilgan edi Ketishi mumkin bo‘lganlar ro‘yxatida Frenki ham bor.
De Yong joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 13 ta uchrashuvda bitta gol urdi. Chempionlar ligasida guruh bahslarining barchasi – oltitasida ishtirok etdi.
Fikrlar