“Barsa” bir o‘yinchidan qutila olmayapti

  • 18 sentabr, 06:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning markaziy himoyachilaridan Andreas Kristensen klubdan ketishdan bosh tortmoqda. Klub daniyalik futbolchi kelasi yoz erkin agentga aylanmay turib, uni sotib yuborishga harakat qildi.

Tecno

Sport direktori Deku Kristensenga yangi bitim taklif qilmoqchi emas. Yozgi transferlar oynasi davrida 29 yoshli o‘yinchiga Saudiya Arabistonining ikki klubidan taklif bo‘ldi. Biroq Kristensen ularning hech birini qabul qilgani yo‘q.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Kristensen vaziyat o‘zgarib, klub unga yangi bitim berishiga umid qilmoqda.

Andreas Kristensen professional faoliyatini “Chelsi” klubida boshlagan. Orada ikki yil davomida ijara asosida “Borussiya Dortmund” sharafini himoya qilgan. “Barselona” Kristensenni 2022 yili erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!