
“Barsa” ayyorona reja tuzib qo‘ydi
“Barselona” sport direktori Deku jamoaga “Atletik” futbolchisi Niko Uilmsni olib kelish bo‘yicha ishlarni to‘xtatgani yo‘q.
Biroq, Evropa chempionatida ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan 21 yoshli futbolchiga “Chelsi”, “Liverpul”, PSJ va “Bavariya” ham da’vogarlik qilayotgani transferni qiyinlashtirmoqda.
Kataloniya klubi mutasaddilari Niko Uilyams qo‘ldan chiqqan taqdirda, boshqa rejani amalga oshiradigan bo‘ldi.
Unga ko‘ra, “Barsa” rahbariyati Meksikaning “Toluka” klubida o‘ynayotgan urugvaylik hujumkor futbolchi Maksimiliano Arauxoni ham Evropaga olib kelishga qarshi emas.
Sport direktori Deku 24 yoshli futbolchini kuzatib bormoqda va “Toluka” bilan muntazam aloqani ushlab turibdi.
Ta’kidlash joizki, Arauxoning transferi kataloniyaliklarga ancha arzonga tushadi. Bu o‘yinchi 10 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar