“Barsa” Angliyadan taklif oldi

  • 28 iyun, 2021, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” klubi mutasaddilari “Barselona”ning ikkinchi jamoasi etakchisi Lukas de Vegaga og‘iz solmoqda.

Tecno

Aslida londonliklar oxirgi ikki yildan beri braziliyalik yarim himoyachini transfer qilmoqchi bo‘lyapti. Biroq, “Barselona” 21 yoshli futbolchini qo‘yib yubormayapti.

“Tottenxem” Lukas de Veganing amaldagi shartnomasi kelasi yili yakunlanishini va tomonlar yangi hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshlamaganini inobatga olib, yana shu mavzuni ko‘tardi.

Lukasning o‘zi esa birinchi jamoaga o‘tkazilishini kutmoqda va agar asosiy tarkibga kiritilmasa, o‘ziga yangi klub qidirishini ma’lum qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!