Bahram Murtazalievning o‘zbekistonlik murabbiyi unga ishonmoqda yoxud Jermell Charlo taslim etiladi

  • 12 oktabr, 2023, 12:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kuni kecha IBF rossiyalik Bahram Murtazaliev va Jermell Charlo jangiga buyruq berdi. Albatta, Murtazaliev bizga yaxshi tanish bokschi va u o‘zbekistonlik Abror Tursunpo‘latov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib borgan. Biz ushbu murabbiy bilan bog‘lanib, uning shogirdini Charloga qarshi imkoniyati borasidagi fikrlari bilan qiziqdik.

Tecno

- Bahram intizomli va juda mas’uliyatli bokschi sanaladi. Biroq, uning boshlang‘ich maktabi biroz noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan. Tuzatib bo‘lmas kamchiliklari bor. Ammo, u professional boksda juda yaxshi tajriba oldi. Professional boks uning qoniga singib bo‘lgan. Ruhiy jihatdan u Charlodan sira qo‘rqmaydi. To‘liq jang bo‘ladigan bo‘lsa, u jangni bermaydi. Unda harakter bor. Shunchaki jangni berib qo‘yadigan bola emas. Bahram g‘alaba qozonish uchun borini beradi. Lekin biroz maktabi pand berib qo‘yishi mumkin. Shundan xavotirdaman. Bahramda kuchli zarba bor. Charloni bitta kamchilik tomoni aniq zarbani o‘tkazib yuborsa, qo‘rqib qoladi. Charlo o‘zi 2 yildan beri Bahramdan qochib yuribdi. Bir tomondan yaxshi ham bo‘ldi. Bahram anchagina o‘sdi. Albatta, uning g‘alaba qozonishini xohlayman. Baribir shogirdim bo‘lgan. Hozirda ham maslahatlarimni berib boraman. Agar, viza masalasini ijobiy hal qila olsam, borib o‘zim tayyorlayman. Yaxshi niyat qilib turibmiz. Umid qilaman u Charloni mag‘lub eta oladi.

abror aka1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!