
Bahodir Ahmedov: Eron terma jamoasiga minnatdorchilik bildiraman
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov bugun Tailandda tashkil etilgan "Continental" xalqaro turniri yarim finalida Eron (7:5) terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Avvalambor Eron terma jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman va o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, biz bugun juda yaxshi o‘ynadik, lekin vaziyatlarni golga aylantira olmasdan qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik va shuning uchun mag‘lubiyatga uchradik. Endi ushbu uchrashuvdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda xatolarimizni to‘g‘rilashga harakat qilamiz.
Eronga qarshi o‘yinda futbolchilar juda kuchli o‘yin ko‘rsatishdi, juda yaxshi vaziyatlar yarata olishdi. Lekin so‘nggi nuqtalarda gol ura olmadik va shuning yutqazib qo‘ydik deb o‘ylayman”, - dedi terma jamoamiz bosh murabbiyi.
Fikrlar