
Badiiy gimnastikachilarimiz Moskva Gran-prisida sovrindor bo‘lishdi
Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Dunyoning 48 mamlakatidan kelgan eng sara badiiy gimnastikachilar bahsida terma jamoamiz vakilalari jamoaviy mashq qilish bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallashdi.
Ushbu yo‘nalishda oltin medal Bolgariya terma jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, mezbonlar kumush medallari bilan taqdirlanishdi.
Musobaqada terma jamoamiz sharafini Dinara Ravshanbekova, Kseniya Aleksandrova, Nilufar Shomurodova, Kamola Ernazarova hamda Shohsanam Norbo‘taeva himoya qilishdi.
Fikrlar