Badiiy gimnastika. Vakillarimiz Osiyo chempionatida to‘rtta medalga ega chiqishdi

  • 1 iyun, 2023, 22:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Gimnastika
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Filippinda badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Reglamentga muvofiq, bugundan dastlabki medallar o‘z egalariga topshirila boshlandi. Quvonarlisi, bugungi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin va 1 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Tecno

Yoshlarimiz yakkalik hamda guruh mashqlarini o‘z ichiga olgan jamoaviy dastur, guruh mashqlari bo‘yicha ko‘pkurash yo‘nalishida tengsiz ekanliklarini ko‘rsatishdi. Shuningdek, katta yoshdagi qizlarimiz ham jamoaviy yo‘nalishda oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Guruh mashqlarining ko‘pkurash dasturida esa kattalar jamoamiz bu gal kumush medal bilan cheklandi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!