
BAA terma jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi
Ruminiyalik 55 yoshli Kosmin Olariu Birlashgan Arab Amirliklari bosh murabbiyi etib tayinlandi.
2000 yildan buyon murabbiylik faoliyatini olib borayotgan mutaxassis Ruminiyaning bir qator klublari, shuningdek, Osiyoda "Al-Hilol", "As-Sadd", "Al-Ayn", "Al-Ahli" hamda "Tszyansu" kabi jamoalarni boshqargan.
Bundan tashqari, u Saudiya Arabistoni terma jamoasida ham faoliyat olib borgan.
Avvalroq, Paulu Bentu KXDRga qarshi bellashuvdan so‘ng BAA terma jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etilgandi.
Fikrlar