
Azmun Shomurodovning jamoasiga o‘tmoqda
Leverkuzenning “Bayer” klubi hujumchisi Sardor Azmun faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Taniqli insayder Nikola Skiraning ma’lum qilishicha, eronlik futbolchi ijara asosida “Roma”ga o‘tadi.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Azmunga “Milan”dan ham taklif bo‘lgan. Biroq u “Roma” variantini tanlagan.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham huquqiy jihatdan "Roma" futbolchisi hisoblanadi.
Fikrlar