
Aziz G‘aniev boshqa jamoaga o‘tishga yaqin
Aziz G‘aniev faoliyatini BAAning "Shabab Al Ahli" jamoasida olib bormoqda. Hamyurtimiz o‘tgan yili fevral oyida qattiq jarohat olib ancha vaqt davolandi.
Jarohatidan qutulgan G‘aniev klubi safida asta-sekin maydonga tusha boshladi. Biroq "Shabab Al Ahli" Azizni etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun ijaraga bermoqchi. Qolaversa, jamoaga ikki futbolchi transfer qilingan.
Aziz G‘aniev BAAning bosh bir klubi "Xaur-Fakkan"ga mavsum oxiriga qadar ijaraga berilmoqda. Bu haqda arab nashrlari xabar bermoqda. Ushbu transfer tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda.
Fikrlar