Azar va Asensio ertaga "Betis"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi

  • 25 sentabr, 2020, 21:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” murabbiylar shtabi La Liganing 3-turidan o‘rin olgan “Real Betis”ga qarshi o‘yinda ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Tecno

Bosh murabbiy Zinedin Zidan tarkibga Eden Azar va Marko Asensioni kiritmadi. Garchi ushbu ikki futbolchi bugun jamoaning umumiy guruhida shug‘ullangan bo‘lsa-da, o‘yinga to‘liq tayyor emas, deb topilgan.

Himoyachi Eder Militao va hujumchi Mariano Dias hali ham davolanmoqda.

“Real” – “Betis” uchrashuvi ertaga 26 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!