Ayollar futbolida mavsum yakunlandi. Chempion oxirgi turda aniqlandi

  • 15 noyabr, 2019, 16:32
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun ayollar chempionatining oxirgi turi o‘tkazildi. Bugunga qadar birinchi o‘rinni egallab turgan "Bunyodkor-W" safarda "Metallurg-W"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Toshkentliklardan 2 ochko farq bilan ortda qolayotgan ikkinchi pog‘onadagi "Sevinch" yirik g‘alabaga erishib, chempionlikka erishdi. Uchinchi o‘rin esa "So‘g‘diyona-W"ga nasib etdi.

Tecno

Shu tariqa "Sevinch" o‘z tarixidagi 13-chempionligini rasmiylashtirdi.

Quyida bu turda qayt etilgan natijalar bilan tanishing:

Ayollar chempionati / Ikkinchi bosqich

15 noyabr. 14-tur

"Metallurg-W" - "Bunyodkor-W" 1:0

"Paxtakor-W" - "Lokomotiv-W" 4:3

"So‘g‘diyona-W" - AGMK-W 2:1

"Sevinch" - "Qizilqum-Guli" 4:0

Yakuniy jadval

photo_2019-11-15_16-17-44

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Usmon Shukrullayev
15/11/2019 18:08
????????????