"Ayaks" Xenderson transferini e’lon qildi

  • 19 yanvar, 2024, 15:57
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Rasman Jordan Xenderson "Ayaks" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub o‘z sahifasi orqali ma’lum qilmoqda

Rasm

Yarim himoyachi "Al-Ittifoq" bilan shartnomasini bekor qilib, erkin agent sifatida Niderlandiya jamoasiga borib qo‘shildi. U "Ayaks" bilan 2026 yilgacha amal qiladigan bitim tuzdi. Shu bilan birgalikda, 6-raqamni tanladi. 

"Dastlabki 6 och amsterdamliklar uchun qiyin o‘tdi. Shuningdek, men ham bu davrda qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazdim. Umid qilamanki, bir-birimizga yordam bera olamiz", - dedi Xenderson. 

Eslatib o‘tamiz, Jordan o‘tgan yozda "Liverpul"dan "Al-Ittifoq"ga o‘tgandi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!