
"Ayaks" va PSV chempionat yakunlanishini xohlashmoqda
Gollandiyaning bir qator grand klublari mamlakat chempionati yakunlanishini xohlashmoqda.
AD.nl sayti tarqatgan xabarga qaraganda, bunday taklif "Ayaks", PSV va AZ jamoalaridan chiqqan.
Gollandiya chempionatida 18 ta jamoa ishtirok etadi. Chempionat koronavirus tufayli to‘xtatib qo‘yilgan. Ortda qolgan 25 ta turdan so‘ng 56 ochko to‘plagan "Ayaks" jadvalda peshqadamlik qilmoqda. Xuddi shuncha ochkosi bor AZ esa 2-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar