
Avstraliya U-23 bosh murabbiyi: "Osiyoda hamma har xil futbol o‘ynaydi"
Avstraliya U-23 hamda Iordaniya U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda nominal mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi. Avstraliya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Trevor Morgan uchrashuvdan keyin qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz bu erga futbolni teran tushunish uchun kelganmiz. Qancha ko‘p o‘yinda qatnashsak, shuncha tajribaga ega bo‘lamiz.
Juda kuchli murabbiyga ega, ochko suv va havodek zarur bo‘lib turgan jamoaga qarshi maydonga chiqdik. O‘zimiz uchun kerakli natijani qo‘lga kiritishimiz lozim edi. Yakunda shunday bo‘ldi ham. Bundan xursandman.
Osiyoda hamma har hil futbol o‘ynaydi. Ammo bir xillik bu o‘yinga bo‘lgan e’tiborda. Qit’ada futbol tobora rivojlanib bormoqda. Yulduzlar soni ham ortib bormoqda. Bu biz uchun juda quvonarli holat", - dedi mutaxassis.
Fikrlar