
Avstraliya "B" guruhi peshqadami sifatida pley-offga chiqdi
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi 3-turi doirasidagi Avstraliya - Iordaniya uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda nominal mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Bahs taqdirini Rami Nadjarinning 61-daqiqada penaltidan kiritgan goli hal etib berdi.
Shu tariqa, sariq qit’a vakillari 7 ochko bilan guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunladi.
Fikrlar