
Avliyoxon Hamidov ham Toshkentda jang qiladi
Xabaringiz bor, 7 oktyabr kuni Toshkentda Open FC promousheni tomonidan 35 turnir tashkil etiladi.
Ushbu jang kechasining "fayt-kard"idan yana bir vakilimizning jangi o‘rin oldi. Ya’ni, yurtimizning ko‘zga ko‘ringan jangchilaridan biri Avliyoxon Hamidov ham oktagonga ko‘tariladi. U Qirg‘iziston vakili Beksulton Taalayga qarshi jang qiladi.
Ma’lumot uchun, Hamidovning professional ko‘rsatkichi 11-5-1 bo‘lsa, qirg‘izistonlik jangchining rekordi 3-1-1 ko‘rinish olgan.
Fikrlar