
"Atletiko"ning muhim futbolchisi safdan chiqdi
Koke jarohat tufayli bir oydan ko‘proq vaqtni o‘tkazib yuboradi.
"Atletiko" matbuot xizmati jamoa sardorining o‘ng oyog‘i mushaklarida jarohat aniqlanganini ma’lum qildi. U "Selta"ga qarshi o‘yinni noqulaylik bilan yakunlagan edi.
Futbolchining tiklanish muddati e’lon qilinmagan. Biroq, "Marca"ning yozishicha, yarim himoyachi terma jamoalar o‘yinlaridagi tanaffus tugaguniga qadar maydonga tushmasligini yozmoqda. Shu tariqa, yarim himoyachi aprelda maydonga qaytishi mumkin.
Ma’lumot uchun, La Liganing joriy mavsumida 33 yoshli futbolchi 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar