"Atletiko" yulduzi jarohat oldi

  • 14 dekabr, 2021, 18:35
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi 17-turi doirasida Madridning ikki nomdor klubi o‘zaro bahs olib bordi. "Real" - "Atletiko" to‘qnashuvida mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, "matraschilar" yulduzi Antuan Grizmann mazkur uchrashuvda jarohat olib, safdan chiqqan. Frantsiyalik futbolchi "qaymoqranglilar"ga qarshi bahsning ikkinchi taymi oldidan zaxiraga olindi.

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Grizmanning o‘ng oyoq mushaklari jarohatlangan. Hujumchi fizioterapevt nazorati ostida tiklanish jarayonini o‘tkazadi.

30 yoshli hujumchi joriy mavsum 21 uchrashuvda jamoasi sharafini himoya qilib, o‘z hisobiga 7 gol va 3 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!