
"Atletiko" yozda "Chelsi"ning asosiy himoyachisini sotib olmoqchi
"Atletiko" Madrid klubi rahbariyati yozda "Chelsi" himoyachisi Markos Alonsoni jamoaga olib kelishni rejalashtirmoqda.
The Sun nashrining yozishicha "matraschilar" 28 yoshli ispaniyalik futbolchini jamoadan ketishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan braziliyalik himoyachi Filipe Luisga munosib o‘rinbosar deb hisoblashmoqda.
Ma’lumot uchun, Alonso “Chelsi” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum APLda 31ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar