
"Atletiko" Xuanfranni tekinga qo‘yib yuboradi. Chunki...
Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Xuanfran yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoani tark etadi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 34 yoshli futbolchi “matraschilar” bilan shartnomani uzaytirishni rad etgan. Endi u mavsum yakunlangach erkin agent sifatida jamoani tark etadi.
Ma’lumot uchun, Xuanfran “Atletiko” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 354ta o‘yinda ishtirok etdi va 6ta gol hamda 40ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Atletiko” Lukas Ernandes va Diego Godin kabi futbolchilarni ham yo‘qotgan edi. Shuningdek braziliyalik himoyachi Filipe Luis va frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmann ham jamoadan ketishga yaqin turibdi.
Fikrlar